MyHostel haqida
MyHostel — O'zbekistondagi hostel va mehmonxonalar uchun Telegram ichida ishlaydigan boshqaruv dasturi. Bot mehmonlarga to'lov kunini eslatadi, egasi esa har ertalab qarzdorlar va bo'sh o'rinlarni ko'radi.
Nima uchun yaratildi
Hostellarda pul ko'pincha mehmon yomon bo'lgani uchun emas, kim qachon to'lashi esdan chiqqani va admin yozmagani uchun yo'qoladi. Ko'p egalar hali daftar yoki Excel'da ishlaydi. MyHostel shu kundalik ishni Telegram'ga ko'chiradi: alohida dastur ham, kompyuter ham kerak emas.
Kim yaratgan
MyHostel'ni Ilxomjon Abdullayev yaratgan va rivojlantiradi. Har bir yangi hostelni o'zi sozlab beradi: xonalar va mehmonlar ro'yxatini kiritadi, adminlarga Telegram orqali ko'rsatadi va savollarga o'zi javob beradi.
Asosiy faktlar
| Ishga tushgan | 2026-yil |
|---|---|
| Qayerda | O'zbekiston bo'ylab, Telegram orqali |
| Kimlar uchun | Hostel, mehmon uyi, kichik mehmonxona, ijara xonalari |
| Tillar | Sayt — o'zbek va rus; ilova va bot — o'zbek (rus tili rejada) |
| Narx | 30 o'ringacha oyiga 150 000 so'm, har qo'shimcha o'rin 5 000 so'm; 14 kun bepul |
| Ma'lumotlar | Cloudflare'ning Yevropa Ittifoqidagi ma'lumot markazlarida |
Hozircha nima yo'q
- E-mehmon bilan integratsiya — mehmonlarni E-mehmon'da avvalgidek ro'yxatdan o'tkazasiz
- Booking.com va boshqa bron saytlari bilan ulanish
- Ilovaning rus tilidagi versiyasi
Bog'lanish
- Telegram bot: @myhostels_bot
- Asoschiga yozish: @Abdullayev_Ilxomjon