MyHostelРуDemo

Mehmonlar to'lovni o'z vaqtida qiladi

MyHostel — hostel va mehmonxona uchun Telegram'dagi dastur. Bot har bir mehmonga to'lov kunini o'zi eslatadi, siz esa kim qarzdor va qaysi o'rin bo'shligini har ertalab telefoningizda ko'rasiz.

  • 14 kun bepul
  • Karta so'ralmaydi
  • O'rnatib beramiz

Demo — tayyor namuna hostel: mehmon joylab, to'lov olib, o'zingiz ishlatib ko'rasiz.

MyHostel ilovasi: bandlik, qarzdorlar va oylik tushum bosh ekranda

Daftar bilan har oy pul yo'qotasiz

  • 900 000so'm

    Unutilgan to'lov

    Bitta mehmon bir oy to'lamay qolsa — shuncha. Daftardan kim kechikkanini topguncha yana bir hafta o'tadi.

  • 1 o'rin

    Bo'sh turgan joy

    Qaysi xonada joy borligini aniq bilmasangiz, yangi mehmonga «joy yo'q» deysiz. Bo'sh o'rin har kuni pul yo'qotadi.

  • ?

    Yozilmagan pul

    Admin pulni oldi, lekin daftarga yozmadi. Buni bilishning yo'li yo'q — toki mehmon «men to'laganman» demaguncha.

100 o'rinli hostel uchun MyHostel oyiga 500 000 so'm turadi — bitta mehmonning oylik to'lovidan ham kam. Bitta qarzdor vaqtida to'lasa, dastur o'zini qoplaydi.

MyHostel — O'zbekistondagi hostel, mehmonxona va ijara xonalari uchun boshqaruv tizimi (PMS). U Telegram ichida ishlaydi: alohida dastur yoki kompyuter kerak emas. Xonalar va o'rinlar, oylik va kunlik mehmonlar, bronlar, to'lovlar va qarzlar bir joyda yuritiladi.

Butun hostel telefoningizda

Kim qarzdor — bir qarashda

Jami qarz, kim necha kun kechikkani va bugun kim to'lashi kerakligi bitta ekranda. Pulni qabul qilsangiz, qarz o'sha zahoti yopiladi.

  • Qarz o'zi hisoblanadi
  • Kechikkan kunlar va jarima
  • Har bir to'lov kim qabul qilgani bilan tarixda
MyHostel ilovasi: qarzdorlar va bugun to'laydiganlar ro'yxati

Eslatmani bot yuboradi, siz emas

Har bir mehmon to'lov kunidan oldin Telegram'da xabar oladi, kechiksa — har kuni. Sizga esa har ertalab kunlik hisobot keladi.

  1. 5 kun qoldi
  2. 3 kun
  3. 2 kun
  4. Ertaga
  5. To'lov kuni
  6. Kechiksa, har kuni

Telegram'i yo'q mehmonni ham kiritasiz: hisobotda u belgi bilan chiqadi va unga o'zingiz qo'ng'iroq qilasiz.

Bo'sh o'rin doim ko'z oldingizda

Har bir xonada nechta o'rin band, nechtasi bo'shligi rangli belgilar bilan ko'rinadi. Mehmon qo'ng'iroq qilsa, javobni darhol berasiz.

  • Oylik va kunlik narxlar
  • Kelajakdagi bronlar
  • Ko'chirish va chiqarishda pul qayta hisoblanadi
MyHostel ilovasi: xonalar va bo'sh o'rinlar

Qayerda bo'lsangiz ham, hostel nazoratda

Bandlik, oylik tushum va qarzlar bosh ekranda. Adminlar faqat o'z hostelini ko'radi, egasi esa hammasini.

  • Bir nechta filial bitta hisobda
  • Har bir adminning ishi tarixda
  • Mehmonlarga xabar o'z botingizdan
MyHostel ilovasi: bandlik va oylik tushum

Daftar bilan qanday, MyHostel bilan qanday

Daftar yoki ExcelMyHostel
Kimning to'lov kuni kelganini varaqlab topasizBugun, ertaga va shu hafta to'laydiganlar har kuni ertalab Telegram'ga keladi
Har bir mehmonga o'zingiz qo'ng'iroq qilib eslatasizBot mehmonga 5, 3, 2 va 1 kun oldin, to'lov kuni va kechiksa har kuni yozadi
Bo'sh joyni xonama-xona eslab yurasizHar bir xonada nechta o'rin bo'shligi doim ko'rinib turadi
Admin yozib qo'ymagan pul izsiz yo'qoladiHar bir to'lov kim qabul qilgani bilan tarixda qoladi
Mehmon boshqa xonaga o'tsa, pulni qo'lda qayta hisoblaysizKo'chirish va erta chiqishda summa kunma-kun o'zi qayta hisoblanadi
Daftar bitta va hostelda turadiEgasi va adminlar bir vaqtda, istalgan joydan ko'radi

Bir kunda ishga tushadi

Daftardagi hamma narsani qaytadan yozish shart emas.

  1. Xonalarni kiriting

    «101-110» deb yozsangiz, o'nta xona bir yo'la qo'shiladi. Narx va o'rinlar sonini bir marta yozasiz.

  2. Mehmonlar ro'yxatini tashlang

    Daftar yoki Excel'dagi ro'yxatni nusxalab qo'ying: ism, xona, kirgan sana. Keyingi to'lov kunini tizim o'zi hisoblaydi.

  3. Mehmonlarni botga ulang

    Mehmon telefon raqami bilan botga kiradi va o'z to'lovlarini ko'radi. Eslatmalar shundan keyin o'zi boradi.

O'rin uchun oyiga 5 000 so'm

Hamma imkoniyatlar har bir hostelga ochiq, yashirin to'lov yo'q. Hisoblab ko'ring, bu tushumingizning qancha qismi:

  • 14 kun bepul sinov, karta so'ralmaydi
  • Kamida oyiga 150 000 so'm
  • 200 dan ortiq o'rinlarning har biri 4 000 so'mdan
  • Yillik to'lovda 2 oy bepul
MyHostel narxi, oyiga
500 000 so'm
Yiliga 5 000 000 so'm: 2 oy bepul

Birinchi 10 ta hostelga: 400 000 so'm oyiga, o'rnatish va birinchi oy bepul

O'rnatishni o'zimiz qilamiz

Men Ilxomjon, MyHostel'ni yaratganman. Hostelingizni o'zim sozlab beraman: xonalar va mehmonlar ro'yxatini yuborasiz — men kiritaman va adminlaringizga Telegram orqali ko'rsataman. Keyin ham savollaringizga Telegram'da o'zim javob beraman.

  • 14 kun bepul, karta so'ralmaydi
  • Oylik to'lov: istalgan oy to'xtatishingiz mumkin
  • Ma'lumotlaringiz faqat sizniki

Savollar

Kompyuter yoki maxsus dastur kerakmi?

Yo'q. Hammasi Telegram ichida ishlaydi: telefonda ham, kompyuterdagi Telegram'da ham. Hech narsa o'rnatilmaydi.

Mehmonda Telegram bo'lmasa-chi?

Mehmonni baribir kiritasiz va to'lovlarini yuritasiz. Faqat eslatma unga bormaydi: kunlik hisobotda kimga qo'ng'iroq qilish kerakligini ko'rasiz.

Daftardagi mehmonlarni qaytadan yozishim kerakmi?

Yo'q. Ro'yxatni Excel'dan nusxalaysiz yoki bitta matn qilib yozasiz: ism, xona, kirgan sana. Xohlasangiz, ro'yxatni bizga yuboring — o'zimiz kiritib beramiz.

E-mehmon bilan ishlaydimi?

Hozircha yo'q: mehmonlarni E-mehmon'da avvalgidek ro'yxatdan o'tkazasiz. Ulash rejada bor.

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Hostel ma'lumotlarini faqat siz va siz qo'shgan adminlar ko'radi, har bir admin faqat o'z hostelini. Ularni uchinchi shaxslarga bermaymiz.

Bir nechta filialim bor

Barcha filiallar bitta hisobda, har biriga alohida admin qo'yasiz. Egasi hammasini bir joyda ko'radi.

To'lov qanday bo'ladi?

14 kun bepul, karta so'ralmaydi. Keyin oylik yoki yillik to'laysiz, to'lov usulini siz bilan kelishamiz.

Demo nima?

Tayyor «Demo Hostel»: xonalar, yashayotgan mehmonlar va qarzdorlar bilan. Unda mehmon joylab, to'lov olib, xona qo'shib ko'rasiz. Demo hamma uchun umumiy va har kecha boshlang'ich holatiga qaytadi.

Ikki daqiqada o'zingiz ko'ring

Demoda xonalar, mehmonlar va qarzdorlar tayyor. Mehmon joylang, to'lov oling — hostelingizda qanday ishlashini o'sha zahoti his qilasiz.

Demoni Telegram'da ochish